Argentina termasining Germaniya hamda Ekvadorga qarshi bahslar uchun qaydnomasi e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
27 sen 2019, 22:25
Argentina terma jamoasining murabbiylar shtabi Germaniya (9-oktyabr) hamda Ekvadorga (13-oktyabr) qarshi o'rtoqlik o'yinlari uchun yig'inga chaqirilgan futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatini e'lon qildi.

Demak, to'liq tarkib quyidagicha.

Darvozabonlar: Xuan Musso (Udineze), Agustin Marchesin (Portu), Emiliano Martines (Arsenal).

Himoyachilar: Xuan Foyt (Tottenxem), Renso Saraviya (Portu), Nikolas Otamendi (Manchester Siti), Xerman Pesselya (Fiorentina), Markos Roxo (Manchester Yunayted), Valter Kannemann (Gremio), Leonardo Balerdi (Borussiya D).

Yarim himoyachilar: Gido Rodriges (Amerika), Federiko Saracho (Rasing), Leandro Paredes (PSJ), Nikolas Dominges (Veles Sarsfild), Markos Akunya (Sporting), Rodrigo de Paul (Udineze), Roberto Pereyra (Uotford), Anxel Korrea (Atletiko), Lukas Okampos (Sevilya), Erik Lamela (Tottenxem), Matias Vargas (Espanol).

Hujumchilar: Nikolas Gonsales (Shtutgart), Lukas Alario (Bayer), Lautaro Martines (Inter), Paulo Dibala (Yuventus).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/argentina