Argentina terma jamoasini JCH-2014 finaliga olib chiqqan murabbiy vafot etdi

Aslanov Jasurbek
9 dek 2020, 07:59
Alexandro Sabelya dunyodan ko'z yumdi.

Argentina milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Alexandro Sabelya 66 yoshida vafot etdi. Argentina termasi Sabelya qo'l ostida JCH-2014 finaliga chiqqandi. Biroq o'shanda jamoa Germaniyaga mag'lub bo'lgandi. Murabbiyning ahvoli ichki infekciyaga qarshi antibiotiklar qabul qilishi ortidan yomonlashgan. Shifokorlar unga dilatatsion kardiomiopatiya kasalligining ikkinchi bosqichi tashxisini qo'ygandi.

Sabelya murabbiy sifatida Argentina terma jamoasi va “Estudiantes” klublarida faoliyat olib borgan. Futbolchi sifatida esa “Lids”, “Sheffild Yunayted”, “Estudiantes” hamda “River Pleyt”da o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Clarin