La Nacion: Sabelyaga Argentina terma jamoasida qolishni taklif qilishmoqda

Aziz Tukhtamuradov
15 iyul 2014, 17:18
Argentina Futbol Federatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Alexandro Sabelya bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.
Xabar qilinishicha, 59 yoshli murabbiyga kamida Kopa Aperika - 2015gacha terma jamoa rulida qolish taklif qilingan.

Avvalroq, murabbiyning agenti mijozining Braziliyadagi Mundialdan so'ng terma jamoani tark etishi mumkinligini aytgandi. Endilikda barchasi murabbiyning o'ziga bog'liq bo'lib qolmoqda.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru