Argentina terma jamoasiga A Seriya yulduzi chaqirilmadi

Aslanov Jasurbek
22 may 2019, 17:12
Argentina terma jamoasi futbol assotsiatsiyasi Braziliyada bo'ladigan Amerika Kubogida ishtirok etish uchun milliy jamoaga chaqirilganlar ro'yxatini e'lon qildi.

Tarkibga "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi kiritilmadi.


Argentina terma jamoasining Amerika Kubogi-2019 uchun qaydnomasi

Darvozabonlar: Augustin Marchesin ("Amerika"), Franko Armani ("River Pleyt"), Esteban Andrada ("Boka Xuniors").

Himoyachilar: German Peccella ("Fiorentina"), Xuan Foyt ("Tottenxem"), Nikolas Otamendi ("Manchester Siti"), Nikolas Talyafiko ("Ayaks"), Markos Akuna ("Sporting"), Renso Saraviya ("Rasing"), Ramiro Funes Mori ("Vilyarreal"), Milton Kasko ("River Pleyt").

Yarim himoyachilar: Leandro Paredes (PSJ), Anxel Di Mariya (PSJ), Jiovanni Lo Chelso ("Betis"), Roberto Pereyra ("Uotford"), Rodrigo De Paul ("Udineze"), Esekel Palasios ("River Pleyt"), Guido Rodriges ("Amerika").

Hujumchilar: Lionel Messi ("Barselona"), Serxio Aguero ("Manchester Siti"), Paulo Dibala ("Yuventus"), Lautaro Martines ("Inter"), Matias Suares ("River Pleyt").

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Argentina