Kopa Amerika-2024. Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni va to'purari aniqlandi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2024, 12:16
Ularning har ikkisi Argentina vakili.

AQSHda bo'lib o'tgan turnirda Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines Amerika Kubogining eng yaxshi darvozaboniga aylandi. U 6 o'yindan 5 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, jumladan, Kolumbiyaga qarshi final (qo'shimcha vaqt 1:0) uchrashuvida ham.

Shuningdek, Martines chorak finalda Ekvador bilan o'yindagi penaltilar seriyasida ikkita penaltini qaytardi (1:1, penaltilar bo'yicha – 4:2).



Musobaqaning eng yaxshi to'purari Lautaro Martines bo'ldi. Argentina terma jamoasi hujumchisi turnirning 6 o'yinida 5 ta gol urdi, e'tiborlisi, ulardan 3 tasi g'alaba to'pi edi.

Bugun Kolumbiyaga qarshi kechgan finalda (1:0) ham Lautaro 112-daqiqada kiritilgan yagona to'pga mualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia