Argentina terma jamoasida Romero o'rnini kim egallaydi?

Aslanov Jasurbek
23 may 2018, 10:55
Argentina terma jamoasida jarohat olgan darvozabon Serxio Romero o'rnini kim egallashi ma'lum bo'ldi.

"UANGL Tigres" posboni Nauel Gusman Romero o'rniga JCH-2018ga boradi.

Eslatib o'tamiz, Romero o'ng tizzasidagi jarohati qaytalagani tufayli mundialni o'tkazib yuboradi. 31 yoshli darvozabonga operaciya va davolanish uchun kamida bir oy kerak bo'ladi.

Gusman joriy mavsum Meksika chempionatining 42ta uchrashuvida maydonga tushib, 38ta to'p o'tkazib yubordi.

Argentina terma jamoasi JCH-2018 guruhida Xorvatiya, Islandiya va Nigeriya bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Globo Esporte