Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Iguain va Ikardi bilan uchrashadi

Aslanov Jasurbek
3 yanv 2018, 18:14
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaolining ma'lum qilishicha, u milliy jamoa hujumchilari Gonsalo Iguain va Mauro Ikardilar bilan uchrashadi.

Sampaoli Iguainni Argentina terma jamoasining kuzgi bahslariga taklif qilmadi, Ikardi noyabrdagi so'nggi bahslar qaydnomasiga kiritilmadi. Ikki futbolchining JCH-2018ga borishi so'roq ostida.

"Bazi futbolchilar bilan uchrashaman, ularning orasida Iguain va Ikardi bor. Biroq safarim yakunlanganidan so'ng JCH-2018ga boradigan tarkib aniq bo'lmaydi, chunki yana 45-60 nafar futbolchini ko'zdan kechirishim kerak" - deydi Sampaoli.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia