Argentina futbol federatsiyasi prezidenti iste'foga chiqdi

Aslanov Jasurbek
28 iyun 2016, 03:09
Argentina futbol federatsiyasi prezidenti Luis Segura iste'foga chiqdi.

Segura 30 iyun kuni o'z vazifasini tark etishi kerak edi, ammo sobiq prezident bu ishni muddatidan avval bajardi.

26 iyun kuni Argentina Amerika Kubogi finalida Chiliga mag'lub bo'ldi. Bahsdan so'ng Lionel Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi. Uning ortidan Xaver Maskerano, Serxio Aguero, Esekel Lavessi, Lukas Bilya, Ever Banega, Anxel Di Mariya va Gonsalo Iguain ham Argentina terma jamoasini tark etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal