Argentinalik muxlis Rossiyaga velosipedda 80 000 km yo'l bosib keldi FOTO
13 iyun 2018, 18:49
Argentinalik Matias Amayya jahon chempionatini tomosha qilish uchun vatanidan Rossiyaga velosipedda tashrif buyurdi.
Matias 2013 yili yo'lga chiqqan va 80 000 kilometrni velosipedda bosib o'tgan. Amayya ushbu masofani 5 yil deganda bosib o'tdi va kuni kecha Moskva shahriga yetib keldi. Matias okeandan o'tish uchun samolyotdan foydalangan.