Aren Robben: "Gollandiya tez orada yana katta arenaga qaytadi"

Aslanov Jasurbek
11 okt 2017, 14:22
Gollandiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan "Bavariya" vingeri Aren Robben o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Mening terma jamoadagi faoliyatim davomida bir qancha chiroyli lahzalar bo'ldi. Ayniqsa 2010 va 2014 yilgi mundialda biz avval kumush, keyin esa bronza medallarini qo'lga kiritgandik. Men terma jamoa bilan oltita yirik turnirda qatnashganimdan faxrlanaman. 

Hozirgi terma jamoa safida Yevropa va Jahon chempionatlarida o'ynamagan 13-14 futbolchi bor. Umid qilamanki, tez orada Gollandiya terma jamoasi katta arenaga qaytadi", - deydi Aren Robben.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Telegraaf