Aren Robben: "Bizga tushishi mumkin bo'lgan raqiblar ichida PSJ eng kuchlisi"

14 dek 2014, 01:09
"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben YCHL 1/8 finali qur'asi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Bu bosqichda oson raqiblarning o'z yo'q. Qur'adan so'ng bizga kim raqib bo'lishidan qatiy nazar biz faqat g'alaba haqida o'ylaymiz. PSJ, "Yuventus" va "Arsenal" bizga tushishi mumkin bo'lgan jamoalar ichidagi eng kuchlilari hisoblanishadi. Lekin "Bazel" va "Shaxtyor"ni ham hisobdan chiqarmaslik lozim. Ko'ramiz yakunda kim bizga duch kelarkin. Raqiblar ichidan eng qiyini bu PSJ deb hisoblayman. Ammo aynan shu jamoa bilan ro'baru kelgan taqdirimizda ham ulardan zarracha qo'rqmayman.

Eslatib o'tamiz, Yevropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur'a dushanba kuni bo'lib o'tadi.
"Bavariya"ga tushishi mumkin bo'lgan jamoalar quyidagicha: "Yuventus", "Arsenal", "Bazel", PSJ va "Shaxtyor".   


Manba: fc-bayern.de