Arda Turan "Liverpul" yoki "MYU"ga o'tishi mumkin

27 noya 2013, 14:46
"Atletiko" futbolchisi Arla Turan faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Daily Express nashrining xabar berishicha, unga "Liverpul" va "MYU" tomonidan qiziqish bildirilyapti. Turkning madridliklar bilan tuzgan yangi shartnomasiga ko'ra uning transfer narxi 40 million evroni tashkil etadi. Shunday bo'lsa ham, uning agenti Ahmad Bulut Turanning Angliyaga ketishi mumkinligini tasdiqladi.

"Tumanli Albionga o'tish mijozim uchun maqul variant. Unga bir necha ingliz klubi qiziqayotganini tasdiqlashim mumkin. Ardaning o'zi ham Premer-ligada to'p tepishni orzu qiladi", dedi agent.

Manba: football.kulichki.net