Arda Turan kelajagi borasida bir qarorga keldi

Omonjon To`xtamirzayev
25 iyul 2017
Barselonaning turkiyalik yarim himoyachisi Arda Turan mavsumlar oralig'ida jamoasini almashtirmoqchi emas.

Avvalroq futbolchi jamoani tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Kimdir uni Xitoyga o'tadi desa, yana kimdir Yevropaning boshqa jamoalaridan biriga borib qo'shiladi deyayotgandi. 

Ammo arzigulik taklif kelib tushmagach, 30 yoshli futbolchining agenti intervyu berdi va Turan Barselonada qolishini aytib o'tdi .



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru