

Turkiyalik yosh o'yinchi "qaymoqranglilar" safida o'z o'rni uchun kurashishini ma'lum qildi.
"Men bu yerda o'ynashga tayyorman deb o'ylayman va shu yerda qolmoqchiman, shu bois ijaraga ketmayman. Agarda "Real" maydonga tushish imkoniyatini taqdim etsa, bundan unumli foydalanmoqchiman. Ijarada yurish rejalarimga kirmaydi. Klubdagilar menga o'yin amaliyoti berilishini aytishdi", dedi 18 yoshli futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Gyuler madridliklar tarkibida 24-raqam ostida to'p tepadi.


