

"Bu o'n yil ichidagi faoliyatim davomida “Nyukasl”ga qarshi o'ynagan eng yaxshi o'yinimiz”, - dedi “Siti” bosh murabbiyi.
“Juda xursandman, chunki “Nottingem Forest”ga qarshi o'yinda hafsalamiz pir bo'ldi. Shunday qilib biz qanday o'ynaganimizdan, hujumda, himoyada o'zini qanday tutganimizdan juda mamnunman. Dushanba kuni qur'a tashlash marosimida ishtirok etamiz. Ushbu musobaqadagi yurishimizni davom ettirayotganimizdan xursandmiz. Jamoam qatorasiga 8-yil kubok bahslarining chorak finalida o'ynaydi. Bu ajoyib", - deb qo'shimcha qilgan murabbiy.



