"Aral" rossiyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Iskandarov Abdulaziz
7 fev 2026, 07:40
Klub qishki transferlar vaqtida tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.

"Aral" rossiyalik hujumchi Mark Krasnovni jalb qildi. Klub matbuot xizmati kecha rasman legioner to'pteparni tanishtirdi. Krasnov "Aral"ga Belarus chempionatining "Lida" jamoasidan kelib qo'shildi. 

Ma'lumot uchun, 30 yoshli futbolchi bundan tashqari faoliyati davomida "Laz Luga" (Rossiya), "Dinamo SPB" (Rossiya), "Neman", "Makslayn", "Vitebsk" (Belarus), "Neftchi" (Qirg'iziston) jamoalarida harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Арал" матбуот хизмати