APLning uch klubi Souchekka qiziqmoqda

Alisher
25 iyun 2022
"Vest Xem" yarim himoyachisi Tomash Souchek yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

27 yoshli chex "bolg'a urarlar" bilan bo'layotgan muzokaralar jarayonidan norozi. "Nyukasl", "Aston Villa" va "Everton" vaziyatni kuzatmoqda va futbolchini xarid qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Souchek 2021/22 yilgi mavsum "Vest Xem" safida barcha musobaqalarda 49ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 45 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: thesun.co.uk