APLning so'nggi 10 yillikdagi to'purarlari e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
30 dek 2020, 19:57
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero 2010 yildan keyin APLda 174 gol kiritdi.

Bu dekadadagi eng yaxshi natija hisoblanadi. Uning ortidagi taqibchisi Xarri Keynda esa 136 gol bor. 3-qatorni egallab turgan Ueyn Runi esa 114 gol urgan.

"Manchester Yunayted" va "Everton"ning sobiq hujumchisi Romelu Lukaku esa 113 gol bilan 4-qatorni egallagan. Keyingi pog'onalarni esa "Yunayted" hujumchisi Robin van Persi – 98, "Lester" forvardi Jeymi Vardi – 97, "Chelsi"ning sobiq futbolchisi Eden Azar – 85, "aristokratlar" hujumchisi Olive Jiru – 78, "Man Siti" xavbeki RaHim Sterling – 77, "Liverpul" forvardi Sado Mane – 76 gol bilan egallagan.

Aguero 2011 yilda "shaharliklar" tarkibiga ko'chib o'tgan va jamoa tarkibida 254 o'yinda qatnashgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA