APLning keyingi mavsumi tomoshabinlarsiz o'tadigan bo'lsa, "Arsenal" eng ko'p zarar ko'radi

Sherzod Nurmatov
6 may 2020, 01:37
Klub daromadining 25 foizini yo'qotadi.

Umuman olganda, Angliya chempionatining barcha o'yinlari yopiq eshiklar ostida o'tkaziladigan bo'lsa, Premer-liga klublari 880 million funt yo'qotadi.

2018/19 yilgi mavsumda "Arsenal" daromadining chorak qismini o'yin kunlari tushgan pullar orqali topgan.

Izlanishlarga ko'ra ma'lum bo'ldiki, muxlislar kelasi yilning may oyigacha "Emireyts" stadioniga tashrif buyurishmasa, londonliklar 122 million funt zarar ko'radi.

"Manchester Yunayted"ning ham 140 million funt puli "havoga uchadi", ammo ularning o'yin kunlarida ishlab topadigan mablag'i klub umumiy daromadining 17,67% qismini tashkil qiladi, xolos.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph