APLning ikki klubi "Milan" darvozabonini sotib olmoqchi

Alisher
30 mar 2025
"Milan" darvozaboni Mayk Menyan Angliya Premer-ligasi klublari orasida talabgir bo'lib turibdi.

Fransiyalik darvozabonni Londonning "Chelsi" va Birmingemning "Aston Villa" klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi.

29 yoshli darvozabonning "rossonerilar" bilan mehnat shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Transfermarkt Menyanni 25 million evroga baholamoqda.

"Milan" Italiya A Seriyasining joriy mavsumini muvaffaqiyatsiz o'tkazmoqda. O'tkazilgan 29 turdan so'ng jamoa 47 ochko to'pladi va turnir jadvalida to'qqizinchi o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes