APLning 2023-2024 yilgi mavsumi 12 avgustdan start oladi va 19 may kuni yakunlanadi

Administrator
25 may 2023, 01:52
Angliya premer ligasi keyingi mavsumi qaysi sanalar oralig'ida o'tkazilishi ma'lum bo'ldi.

Sky Sports ma'lumotlariga ko'ra, APLning keyingi mavsumi avvalgisidan ko'ra bir hafta kechroq, yani 12 avgust kuni start oladi. APL taqvimi koronavirusga qarshi choralar va Qatardagi Jahon chempionatidan keyin o'zining avvalgi holatiga qaytadi. Mavsumni esa 2024 yilning 19 may kuni yakunlash rejalashtirilmoqda. 

Bundan tashqari, 2024 yilning 13-20 yanvar kunlari APL taqvimida dam olish kunlari bo'lishi rejalashtirilmoqda. Qishqi bayram kunlarida esa turlar oralig'i 48 soatdan kam bo'lmaydi.

Ma'lumot uchun, yozgi tranfer oynasi 14 iyun kuni ochiladi va 1 sentyabr kuni yopiladi. Qishki transfer oynasi esa 2024 yilning 1 yanvar sanasidan 1 fevralgacha davom etadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports