APLda yana hakamlik mojarosi. Kompanining jamoasi so'nggi daqiqadagi bahsli gol evaziga g'alabani saqlab qola olmadi

Mirjalol Normatov
13 yanv 2024, 02:46
APLning 21-turini ochib bergan bahsda "Bernli" o'z maydonida "Luton"ni mag'lub qila olmadi.

Uchrashuvning 90+4-daqiqasida mehmonlar bahsli gol evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi.

Bernli – Luton 1:1

"Terf Mur"

Gollar: 1:0 – 36 Amduni, 1:1 – 90+4 Morris.

Bernli – Trafford, Vitino, O`Shi, Ekdal (Kork, 90), Al-Daxil, Gudmundsson (Roberts, 74), Braunxill, Kallen, Foster, Amduni (Ndayishimiye, 83), Odober (Bruun Larsen, 84).

Luton – Kaminski, Bell, Osho, Mendji, Dauti, Taunsend (Chong, 64), Barkli, Klark (Morris, 74), Lokonga (Berri, 86), Ogbene, Adebayo.

Ogohlantirish: Trafford (90).

 

APL TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia