

Klubning bir necha vakillari tomonidan topshirilgan test namunalarida kasallik aniqlangan. Shu sababdan 30 dekabr kuni "Tottenxem"ga qarshi bo'ladigan o'yin ham o'tkazilmasligi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Sautgempton"ga qarshi o'yindan keyin "Fulxem" bosh murabbiyi Skott Parkerning oila a'zosida virus aniqlangandi. Shu sababli murabbiy ham 10 kunlik karantinga olingandi.
Oldinroq "Manchester Siti"dagi shu kabi muammo sababli "Everton"ga qarshi o'yin o'tkazilmagandi.



