APLda o'tgan oyning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Sherzod Nurmatov
7 noya 2025
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Premer-liganing oktyabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Bu haqda turnir matbuot xizmati e'lon qildi.

MYU Angliya chempionatida 3 o'yinning hammasida g'alaba qozondi - "Sanderlend" (2:0), "Liverpul" (2:1) va "Brayton" (4:2). 

"Qizil iblislar" 10 turdan so'ng musobaqa jadvalida 17 ochko to'plagan holda sakkizinchi o'rinda bormoqda.

8 noyabr, shanba kuni Amorim jamoasi Londonning "Tottenxem" jamoasiga qarshi bahs yuritadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com