APLda mart oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Omonjon To`xtamirzayev
4 apr 2024
APL mart oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga 4 nafar nomzodni e'lon qildi.

Bu ro'yxatga quyidagi murabbiylar kiritildi:

Andoni Iraola ("Bornmut") – 3 g'alaba va 1 durang, to'plar farqi – "+4";

Mikel Arteta ("Arsenal") – 2 g'alaba va 1 durang, to'plar farqi – "+7";

Yurgen Klopp ("Liverpul") – 2 g'alaba va 1 durang, to'plar farqi – "+2".

Ange Postekoglu ("Tottenxem") – 3 g'alaba, 1 mag'lubiyat, to'plar farqi – "+4";

8 aprelgacha davom etishi ko'zda tutilgan ovoz berish jarayonida muxlislar va ekspertlar ishtirok etishadi. Natijalar keyingi hafta e'lon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, fevral oyining eng yaxshi murabbiyi deb Mikel Arteta tan olingandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: premierleague.com