APLda bunaqasi so'nggi 10 yilda birinchi marta sodir bo'ldi

Aslanov Jasurbek
27 okt 2025, 20:49
"Chelsi", "Liverpul" va "Manchester Siti" 10 yil ichida ilk bor Premer-ligada bir haftaning o'zida mag'lubiyatga uchradi.

Barcha uch klub 9-tur bahslarida ochkolar yo'qotdi.

Enco Mareska boshqaruvidagi "Chelsi" "Sanderlend"ga 1:2 hisobida yutqazdi. Arne Slot shogirdlari - "Liverpul" "Bornmut"ga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi, Pep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" esa "Aston Villa"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bu holat oxirgi bor 2015/16 yilgi mavsumning 15-turida, yani 5–6 dekabr kunlari kuzatilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: OptaJoe