APLda avgust oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Sherzod Nurmatov
12 sen 2025
Angliya Premer-ligasida avgust oyining eng yaxshi murabbiyini e'lon qilindi.

Sovrinni "Liverpul" ustozi Arne Slot qo'lga kiritdi.

"Liverpul" Angliya chempionatining dastlabki 3 turidan mag'lubiyatsiz o'ta olgan yagona jamoadir. "Qizillar" "Bornmut" (4:2), "Nyukasl" (3:2) va "Arsenal"ni (1:0) mag'lub etdi.

Bu Arne Slot faoliyatidagi ikkinchi shunday mukofotdir. U ilk bor 2024 yilning noyabr oyida APLda oyning eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi.

"Liverpul" navbatdagi o'yinini 14 sentyabr, yakshanba kuni mehmonda "Byornli"ga qarshi o'tkazadi.

Avvalroq APLda o'tgan oyning eng yaxshi futbolchisi ma'lum bo'lgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com