APL yangi mavsumiga qur'a tashlandi. 1-turda Arsenal - Liverpul to'qnashuvi

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2016, 13:21
Angliya premer-ligasi rasmiy sayti 2016/17 yilgi mavsum taqvimini e'lon qildi.

Yangi mavsum 13 avgustda boshlanadi va 21 mayda tugaydi.

Dastlabki turdayoq muxlislar Arsenal – Liverpul va Chelsi – Vest Xem to'qnashuvlariga guvoh bo'lishadi. 1-turda Angliyaning amaldagi chempioni Lester klubi APL debyutanti Xall mehmoni bo'ladi.

Birinchi tur juftliklari:

Arsenal – Liverpul
Chelsi – Vest Xem
Bornmut – Manchester Yunayted
Bernli – Suonsi
Kristal Pelas – Vest Bromvich
Everton – Tottenxem
Xall – Lester
Manchester Siti – Sanderlend
Midlsbro – Stok Siti
Sautgempton – Uotford

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: premierleague.com