APL. “Tottenhem” uchinchi pog'onaga ko'tarildi

9 dek 2018, 07:49
APL 16-turi doirasida “Tottenhem” safarda “Lester” bilan kuch sinashib, ishonchli g'alabaga erishdi.

“King Pauer” stadionida kechgan bellashuvda Son Xin Min hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Dele Alli oradagi farqni ikkitaga oshirdi-0:2.

Ushbu g'alabadan keyin “Tottenxem” 36 ochko turnir jadvalining uchinchi pog'onasiga ko'tarilib oldi. Ular turnir jadvalida “Liverpul” (42) va “Manchester Siti” (41)dan ortda qolishmoqda.

Angliya chempionati, 16-tur.

Lester – Tottenxem 0:2 (0:1, 0:1)

Gollar:0:1 – 45 Son Xyn Min, 0:2 – 58 Alli.

Lester – Shmeyxel, Rikardu Pereyra, Morgan, Evans, Chiluell, Mendi (Okadzaki, 79), Iborra (Olbrayton, 56), Ndidi, Grey, Ixeanacho (Gezzal, 56), Meddison.

Tottenxem –Loris, Ore (Uoker-Piters, 78), Alderveyreld, Vertongen, Devis, Dayer, Uinks, Sissoko, Alli, Son Xyn Min (Keyn, 74), Lukas Moura (Eriksen, 67).

Ogohlantirish:Dayer (9), Mendi (16), Olbrayton (64), Grey (81).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia