

Muhammad Saloh uchrashuvda gol urdi va assistni amalga oshirdi. Misrlik APL doirasida “qizillar” safidagi gollarini 125 taga, paslarini esa 50 taga etkazib oldi. U musobaqada 50+ gol hamda assist qayd eta olgan “Liverpul”ning Stiven Jerrardan keyingi ilk futbolchisiga aylandi.
Jerard mersisaydliklar safida Angliya chempionati doirasidagi o'yinlarda 120 ta gol urib, 92 ta golga hammualif bo'lgan.



