APL restarti yana ortga surilishi mumkin

Alisher
14 may 2020, 11:10
Angliya Premer-ligasida mavsumning davom ettirilishi kamida 19 iyungacha qoldirilishi mumkin.

Premer-liga kelasi oyning 12-sanasidan boshlab davom ettirilishi kutilayotgan edi, ammo APL jamoalari sardorlari futbolchilarga tayyorgarlik uchun vaqt kerak deb hisoblashmoqda.

Shu sabab liga rahbariyati mavsumning davom ettirilishini boshqa sanaga ko'chirmoqchi.

Angliya chempionati koronavirus epidemiyasi sabab to'xtab qolgan. Jadvalda esa "Liverpul" yetakchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: telegraph.co.uk