APL. "Oltin qo'lqop" uchun kurashda braziliyaliklar yetakchi

Aslanov Jasurbek
2 apr 2019, 17:45
Angliya Premer-ligasi joriy mavsumi yakunlanishiga sanoqli turlar qoldi.

Mavsum oxirida eng ko'p quruq o'yin o'tkazgan darvozabonga "Oltin qo'lqop" sovrini topshiriladi. Ayni damda ushbu sovrin uchun kurashda ikki braziliyalik posbon yetakchilik qilmoqda. "Liverpul" kiperi Alisson Beker joriy mavsum 17ta uchrashuvda darvozasidan gol o'tkazmadi. Uning terma jamoadagi raqobatchisi, "Manchester Siti" posboni Ederson Moraes hisobida 15ta quruq o'yin mavjud.

APL. "Oltin qo'lqop" uchun kurash
KlubDarvozabon"Quruq o'yin"
"Liverpul"Alisson Beker17
"Manchester Siti"Ederson Moraes15
"Chelsi"Kepa Arrisabalaga11
"Everton"Jordan Pikford11

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: premierleague.com