APL. Obameyang "Arsenal"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi, "Sautgempton" 3-o'ringa ko'tarildi

17 dek 2020, 00:56
Angliya chempionatinig 13-tur bahslari davom etadi.

Bugun "Sautgempton" Londonda mehmon bo'ldi. Biroz avval yakuniga etgan bahsda durang qayd etildi (1:1). Dastlab, o'yinda hisobni "Arsenal" sharafini 12 yil himoya qilgan mehmonlar vakili Teo Uolkott ochdi. Javob goli esa Per-Emerik Obameyangning nomiga yozilda. Gabonlik hujumchi 52-daqiqada muvozanatni tikladi. Oradan 10 daqiqa o'tgach, "to'pchilar" himoyachisi Gabriel Magalyaes maydonda chetlatildi va Arteta shogirdlari qiyin ahvolga tushib qoldi. Ammo uchrashuv yakuniga qadar hisob boshqa o'zgarmadi. "Arsenal" pastga sho'ng'ishda davom etadi, "Sautgempton" esa 3-o'ringa ko'tarildi → TURNIR JADVALI

Arsenal – Sautgempton 1:1

16 dekabr, 23.00, "Emireyts"

Gollar:

0:1 – 18 Uolkott, 1:1 – 52 Obameyang.

Arsenal – Leno, Gabriel, Xolding, Tirni, Meytlend-Naylz, Sebalos (Uillok, 67), Saka, El-Nenni, Pepe (Soaresh, 85), Obameyang, Nketia (David Luiz, 65).

Sautgempton – Makkarti, Bednarek, Uoker-Piters, Bertran, Vestergor, Uord-Prouz, Armstrong (Redmond, 63), Romeu, Uolkott (Djenepo, 63), Adams, Ingz.

Ogohlantirishlar:

Bednarek (26), Bertran (33), Sebalos (44), Gabriel (58), Ingz (83).

Chetlatish:

Gabriel (62).

APL. "Lester" va "Everton" o'rtasidagi o'yinda 2 ta gol urildi 

APL. Ettita gol urilgan bahsda "Lids"ning qo'li baland keldi 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia