APL. "Nyukasl" MYUni ishonchli tarzda engdi va jadvalda "qizil iblislar"ni quvib o'tdi

Omonjon To`xtamirzayev
2 apr 2023, 22:25
APL 29-turidan o'rin olgan "Nyukasl" – "Manchester Yunayted" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"Nyukasl" – "Manchester Yunayted" 2:0
2 aprel, "Sent-Djeyms Park"
Gollar
: 1:0 – 65 Uillok, 2:0 – 88 Uilson.


"Nyukasl" – Poup, Tripper, Sher, Botman, Bern, Bruno Gimaraes, Longstaff, Uillok (Anderson, 84), Merfi (Gordon, 68), Sen-Maksimen (Joelinton, 68), Isak (Uilson, 80).

"Manchester Yunayted" – De Xea, Diogu Dalot, Varan (Lindelef, 83), Martines (Pelistri, 83), Shou, Zabitcer, Brunu Fernandesh, Maktomini (Fred, 82), Antoni (Sancho, 62), Vegorst (Marsyal, 62), Reshford.



APL musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyatsiyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90+5-daqiqa. Hakamning final hushtagi chalindi va "Nyukasl" g'alaba qozonib, aynan "Manchester Yunayted"dan o'tib, 3-o'ringa joylashdi. 

90+4-daqiqa. Aksincha, "Nyukasl" yana bir gol urishi mumkin edi. Fabian Sher hujumga qo'shilib, zarba ham bera oldi, biroq uning urinishiga aniqlik yetishmadi. 

90+2-daqiqa. Maydon markazida kurash. MYU hujumga o'ta olmayapti. 

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

88-daqiqa. GOOOOOOOL! Kallum Uilson nazarimda oxirgi nuqtani qo'ydi - 2:0. 

68-daqiqa. Taktik o'zgarishlar! Sen-Maksimen hamda Jeykob Merfi o'rniga Joelinton va Entoni Gordon maydonga tushirildi.   

65-daqiqa. GOOOOOOOL! Jo Uillok ajoyib kombinaciyani aniq zarba bilan yakunlab, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Cen-Maksimendan assist. 

62-daqiqaO'zgarishlar Vaut Vegxorst va Antoni o'rniga Jeydon Sancho hamda Antoni Marsyal o'yinga qo'shildi. 

56-daqiqa. Antoni to'pni Fernandeshdan qabul qilib, darvoza tomon yo'lladi, zarba aniq chiqdi, lekin Poupga bu ortiqcha muammo tug'dirmadi. 

47-daqiqa. Darhol Sen-Maksimenga nisbatan fol tufayli jarima zarbasi belgilandi. Kiran Triper zarbani ijro etdi, ammo to'p yo'liga uning sherigi to'g'anoq bo'ldi. 

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45-daqiqa. Birinchi bo'lim yakunlandi. 

43-daqiqa. Endi Aleksandar Isaakda vaziyat bo'ldi, hujumchi darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq to'p yo'liga Lisandro Martines to'g'anoq bo'ldi.  

40-daqiqa. Qoyile! Uillok borgan sari qulayroq vaziyatlarni ko'kka sovurish bilan ovvora. Brunu Gimaraesh, Isaak va Sen-Maksimen yaratib bergan ajoyib imkoniyatni gol bilan yakunlash uchun yaqin masofadan darvozani aniq nishonga ololsa bo'ldi edi. 

37-daqiqa. Brunu Fernandesh jarima maydonchasida yiqildi va hakamdan penalti so'radi, lekin Styuart Attuellning fikri boshqacharoq. 

32-daqiqa. MYUning kam sonli xavfli hujumlaridan birini Dalot yakunladi, yaxshi kombinaciyaga shunday yaxshi oxirgi zarba yetishmadi. 

25-daqiqa. O'ngdan rivojlangan hujumni Merfi zarba bilan yakunladi-ku, ammo u tepgan to'p, menimcha, o'zbekistonlik muxlislarga "osmonlarga olib ketaman" degan qo'shiqni eslatib yubordi. 

17-daqiqa. Qanday qilib? Isaak ikkinchi qavatdagi kurashda ustun keldi, uning zarbasini De Xea qaytardi va Jo Uillok qaytgan to'pni qanaqasiga darvoza to'riga joylab qo'yolmadi, o'zi ham tushuntirib berolmasa kerak.

17-daqiqa. Sen-Maksimen uzoqdan zarba yo'lladi, De Xea barchasini nazorat qilmoqda.

12-daqiqa. Vaut Vegorst jarima maydoniga yorib kirdi va kuchli zarba berdi, biroz noaniq.  

5-daqiqa. Birinchi xavfli vaziyat! U Mehmonlar darvozasi oldida yuzaga keldi, biroq zarbalar va urinishlarning barchasiga himoyachilar qarshilik qilishdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia