APL. “Norvich” mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritgandan keyin murabbiy iste'foga chiqarildi

Eldor Akmurzayev
7 noya 2021, 08:45
Angliya chempionati 11-turida “Norvich” safarda “Brentford” ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi.

Bu jamoaning APL joriy mavsumidagi ilk g'alabasi bo'ldi.

Shunga qaramay, rahbariyat klub ustozi Daniel Farkeni iste'foga chiqarishga qaror qildi. 41 yoshli mutaxassis 2017 yildan beri "kanareykalar"ni boshqarib kelayotgandi va 2021 yil yozida shartnomasini uzaytirgandi.

Eslatib o'tamiz, “Norvich” chempionat jadvalida 5 ochko bilan 19-o'rinda turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport-express.ru