APL. MYU Grinvudning dubli va Fernandeshning say-harakatlari evaziga chiroyli g'alabaga erishdi, Vardining golsiz seriyasi yakunlangan o'yinda esa “Lester” zafar quchdi

Eldor Akmurzayev
4 iyul 2020
Angliya chempionati 33-turidan o'rin olgan 2 bellashuv yakunlandi.

“Manchester Yunayted” o'z maydonida “Bornmut”ni 5:2 hisobida taslim etdi. Mezbonlar safida yosh hujumchi Meyson Grinvud dublga erishgan bo'lsa, Antoni Marsyal, Markus Reshford hamda tinib-tinchimas Brunu Fernandesh ham o'z nomini tablogo yozdirdi. Raqiblardan javob to'pini Junior Stanislas va Joshua King kiritishgan.

Tur doirasidagi yana bir o'yinda “Lester” uyda “Kristal Pelas”ni qabul qilib, Keleti Ixeanacho va Jeymi Vardining gollari evaziga 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi.

Manchester Yunayted – Bornmut 5:2

Old Trafford

Gollar: 0:1 – 15 Stanislas, 1:1 – 29 Grinvud, 2:1 – 35, penalti Reshford, 3:1 – 45 Marsyal, 3:2 – 49, penalti King, 4:2 – 54 Grinvud, 5:2 – 59 Brunu Fernandesh.

Manchester Yunayted – De Xea, Maguayr, Lindelef (Bayi, 46), Uan-Bissaka, Shou, Matich (Fred, 67), Pogba, Brunu Fernandesh, Marsyal (Mata, 80), Reshford (Igalo, 80), Grinvud (Djeyms, 75).

Bornmut – Remsdeyl, Ake, Riko, Smit (Steysi, 77), Kelli, Kuk (Uilson, 66), Bruks (Dandjuma, 46), Stanislas (Gosling, 66), Lerma, King, Solanke (Billing, 66).

Ogohlantirish: Lerma (31).

 

Lester – Kristal Pelas 3:0

King Pauer

Gollar: 1:0 – 49 Ixeanacho, 2:0 – 77 Vardi, 3:0 – 90 Vardi.

Lester – Shmeyxel, Evans, Chiluell (Bennett, 46), Seyundjyu, Djastin, Tilemans (Chouduri, 89), Ndidi, Olbrayton (Fuks, 75), Peres (Barns, 75), Ixeanacho (Prat, 64), Vardi.

Kristal Pelas – Guaita, Uord, Keyxill, Sako, Ridevald (Kuyate, 60), Milivoevich, Makartur (Makkarti, 69), Zaa, van Anxolt (Mitchell, 83), Benteke (Taunsend, 82), Ayyu.

Ogohlantirishlar: Chiluell (45), Olbrayton (50), Makartur (57).

TURNIR JADVALI


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia