APL. Mikel Arteta - mart oyining eng yaxshi murabbiyi

Omonjon To`xtamirzayev
31 mar 2023, 17:22
Angliya Premer-ligasi mart oyining eng yaxshi murabbiyini e'lon qildi.

"Kanonirlar" mart oyida chempionatda 4 o'yinda umumiy 14:3 hisobida g'alaba qozondi. Bu ispaniyalik uchun mavsumda 4-shunday sovrin. Bu borada rekord esa "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppga tegishli. Germaniyalik mutaxassis 2019/20-mavsumda 5 marta oy murabbiyi bo'lgan.

Artetaga mart oyida Xosep Gvardiola ("Manchester Siti"), Roberto De Zerbi ("Brayton") va Unai Emeri ("Aston Villa") raqobat qildi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: premierleague.com