APL. Mavsum kashfiyotlaridan tuzilgan ramziy terma jamoa e'lon qilindi (BBC tasnifi)

18 apr 2020, 22:25
Britaniyaning BBC nashri APLning 2019/20 yilgi mavsumida o'zini ko'rsatgan yosh o'yinchilardan iborat ramziy jamoa tuzdi.

Ramziy terma jamoaga mavsum avvalida 21 yoshdan oshmagan futbolchilar kiritildi. O'tgan mavsumlarda o'zini ko'rsatishga ulgurgan "Liverpul" futbolchisi Trent Aleksander-Arnold va "Manchester Yunayted" himoyachisi Aaron Uan-Bissaka shartli ravishda ramziy jamoaga kiritilmagan.

Darvozabon: Aaron Remsdeyl ("Bornmut", 21 yosh);

Himoyachilar: Brendon Uilyams ("Manchester Yunayted", 19),Jafet Tanganga ("Tottenxem", 21), Fikayo Tomori ("Chelsi2, 22), Ris Djeyms ("Chelsi", 20);

Yarim himoyachilar: Bukayo Saka ("Arsenal", 18), Meyson Maunt ("Chelsi", 21), Todd Kentuell ("Norvich", 22);

Hujumchilar: Meyson Grinvud ("Manchester Yunayted", 18), Gabriel Martinelli ("Arsenal", 18), Ismaila Sarr ("Uotford").

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia