APL. “Manchester Siti” – “Byornli” bahsi uchun prevyu

Sherzod Nurmatov
22 iyun 2020
30-turni yakunlab beruvchi o'yin prevyusini e'tiboringizga taqdim etamiz.

22.06 23:59 (Toshkent vaqti) “Manchester Siti” - “Byornli”

"Manchester Siti" restartni qiyinchiliksiz "Arsenal" ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g'alaba bilan boshladi. 

"Byornli" oxirgi marta karantindan oldin "Tottenxem"ga qarshi o'yin o'tkazib, durang qayd etgandi (1:1). 

"Shaharliklar" turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turgan bo'lishsa, Shon Daych shogirdlari 11-o'ringa joylashishgan.

Tarkiblar bo'yicha 

Shuncha vaqt dam olingani va tiklanishdagi g'alabaga qaramasdan, Pep Gvardiola rotaciyaga qo'l urishi kutilmoqda. 

Boshidan jarohat olgan Erik Garsiya shubhasiz,  "Byornli" ga qarshi o'yinda qatnashmaydi. 

Leroy Sane yana zaxirada qoldirilishi kutilyapti. 

Fernandino, Rodrigo, Serxio Aguero va Bernardu Silva o'yinni asosiy tarkibda boshlashlari aytilmoqda. 

"Byornli" vingeri Yoxann Gudmundsson mashg'ulotlarga qaytgan, lekin dushanba kuni maydonga tushish, u uchun hali ertalik qiladi. Hujumchi Kris Vud ham xuddi shunday holatda.

Mettyu Louton sayga qaytgan, biroq 11 talik tarkibda Fil Bardsliga imkoniyatni boy berishi mumkin. 

Shon Daych uchun katta yo'qotish – bu Eshli Barns. U belidan olgan jarohati tufayli o'yinni o'tkazib yuborishga majbur. 

Vud va Barns mavjud emas ekan, demakki, hujum chizig'ida Jey Rodriges va Matey Vidra juftligi harakatlanadi.

O'zaro o'yinlardagi natijalar

Jami o'yinlar soni

“Man Siti” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

“Byornli” g'alabasi

Eng yirik yutug'i

Durang

101 ta

47 (46%)

7:0

30 (30%)

5:2, 6:3

24 (24%)


O'yinga oid faktlar:

- "Manchester Siti" oxirgi 34 uy o'yinidan 29 tasida g'alaba qozongan (Premer-liga).

- "Shaharliklar" "Byornil"ga qarshi so'nggi 4 uy urashuvidan 3 tasida 4 tadan kam gol urmagan (barcha musobaqalar).

- "Manchester Siti" so'nggi 8 uy bahsida kamida 2 ta gol urgan (barcha musobaqalar).

- "Manchester Siti" "Byornli" bilan oxirgi 9 o'yindan 8 tasida g'alabaga erishgan (barcha musobaqalar).

- "Byornli" so'nggi 7 o'yinda yutqazmagan (Premer-liga).

Taxminiy tarkiblar

"Manchester Siti" (4-3-3): Ederson - Uoker, Fernandino, Lyaport, Mendi - De Bryoyne, Rodri, D.Silva - B. Silva, Aguero, Sterling  

"Byornli” (4-4-2): Poup - Bardsli, Tarkovski, Mi, Teylor - Xendrik, Uestvud, Kork, Maknil - Vidra, Rodriges  

Jamoalarning jarohatlangan futbolchilari: Garsiya ("Manchester Siti”), Barns ("Byornli")

So'roq ostida: Bravo, Stounz (“Manchester Siti”), Gudmundsson, Vud  ("Byornli")

Turnir jadvali 


Sherzod Nurmatov tayyorladi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia