APL. “Lester” o'z uyida “tarsaki” edi

APL 27-turida “Lester” futbolchilari kutilmaganda o'z maydonlarida “Kristal Pelas”ga yirik hisobda yutqazib qo'yishdi.

Mezbonlar safida Joni Evans muvaffaqiyatga erishgan bo'lsa, mehmonlar tarkibida Zaxa (2 ta), Batshuayi, Milivoevich gol urishning uddasidan chiqishdi.

Natijada ushbu g'alabadan keyin “Kristal Pelas” ochkolari sonini 30 taga etkazib, turnir jadvalining 13-pog'onasiga ko'tarilib olgan bo'lsa, “Lester” 32 ochko bilan hali hamon 12-o'rinda bormoqda.


Manba: championat.asia