APL klublari "Verder" yetakchisi uchun da'vogarlik qiladi

3 iyun 2020, 01:20
Kosovo terma jamoasi a'zosi Milot Rashica tez orada klubini o'zgartirishi mumkin.

Sky Sports xabariga ko'ra, Bremenning "Verder" klubi hujumchisi Rashica Angliyaning qator klublari qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Jumladan, "Vest Xem", "Aston Villa", "Brayton" va "Vulverxemptom" 23 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash istagini bildirgan. Avvalroq "Liverpul" va "RB Leyptsig" ham Rashic uchun da'vogar ekani haqida xabar qilingandi.

Joriy mavsum Bundesligada 24 o'yin o'tkazgan futbrochi 7 gol, 5 ta samarali uzatmaga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports