APL klublari o'z futbolchilarini "Nyukasl"ga sotmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
10 noya 2021, 19:03
Yaqinda Saudiya Arabistoni suveren fondiga rahbarlik qiluvchi konsorcium "Nyukasl"ni sotib olgandi.

Premer-liga klublari "Nyukasl"ni ko'plab klublardan ustun qo'yadigan imkoniyatlardan qo'rqib, kelishuvga qarshi chiqishdi.

"Nyukasl" uchun top futbolchilarni sotib olish haqida o'ylashga hali erta. Klub elitada jon saqlab qolish qolish uchun uchun asosiy ligada o'ynagan tajribaga ega futbolchilar bilan o'z tarkibini mustahkamlash niyatida. Biroq transferlar muammoga duch kelishi mumkin, chunki Premer-liga klublari o'z o'yinchilarini "Nyukasl"ga sotmasligi mumkin. 

Qayd etilishicha, klublar "Nyukasl" bilan kelishuvlar bo'yicha pul ishlash imkoniyatini ataylab yo'qotishi mumkin, ular "zag'izg'on"larning ligada qolishi uchun yordam berishni xohlamaydilar.

Ayni damda klub APL turnir jadvalining 19-pog'onasi bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph