

"Il Tempo" nashri xabariga ko'ra, 24 yoshli golkiperning xizmatlariga "Lester" va "Tottenxem" klublari ehtiyoj sezmoqda. Takidlanishicha, yozda ingliz klublari Afinada tug'ilgan Albaniya terma jamoasi a'zosi uchun kurash olib boradi.

Ma'lumot uchun, Strakosha Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 26 o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 20 marta to'p olib chiqqan.



