APL klubi "Real"ga Azar borasida taklif berdi

Alisher
10 dek 2021
"Real" xavbeki Eden Azarning xizmatlariga "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda.

"Bolg'a urarlar" rahbariyati Madridning "Real" klubi bilan muzokaralarga kirishdi va o'yinchi uchun 25 million evro taklif qildi. Ammo, bu narx "qirollik klubi"ni qoniqtirmadi. Ispan grandi yarim himoyachining transferidan 50 mln olmoqchi.

Edenning "blankos" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Goal