APL klubi Levandovski bilan aloqa o'rnatdi

Eldor Akmurzayev
18 may 2021
Bu haqda Sky Sport Germany xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Bavariya” forvardi Robert Levandovski yozda jamoadan kyetishi mumkin. “Chelsi” hujumchiga qiziqish bildirmoqda. Tomonlar allaqachon aloqa o'rnatgan va londonliklar uni transfer qilishga tayyor.

Biroq, polshalik futbolchi Angliyani qulay variant deb hisoblamayapti, unga Ispaniya maqul kelishi aytilmoqda.

Avvalroq, 32 yoshli forvardga PSJ qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. U joriy mavsum Bundesligada 40 ta gol urib, Gerd Myullerning rekordini takrorladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sport Germany