APL klubi Janluijiga 35 mln. funt taklif qildi

Aslanov Jasurbek
22 may 2018, 10:07
"Milan"ning 19 yoshli darvozaboni Janluiji Donnarumma "Liverpul"ga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, inglizlar transfer uchun 35 mln. funt taklif qildi, ammo "Milan" rahbariyati ikki baravar katta mablag' so'ramoqda.

Yosh italiyalik dunyoning eng iqtidorli darvozabonlaridan biri hisoblanadi, u 19 yoshida "Milan" safida 100dan ortiq bahs o'tkazishga ulgurdi.

Oldinroq, "Liverpul" Janluiji Buffonga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mediaset Premium