APL klubi Diego Kosta bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
18 iyun 2021, 17:16
Ispaniyalik forvard Diego Kosta APLga yo'l olishi mumkin.

32 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolashga "Vulverxempton" qiziqish bildirmoqda. Angliya klubi uchun Kosta tekinga tushadi, sababi o'yinchi va "Atletiko" yanvarda shartnomani bekor qilishgan edi.

Hujumchi o'tgan mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

"Vulverxempton" o'tgan mavsum yakuniga ko'ra APLda 13-o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: UOL