APL klubi de Yong uchun 71 mln evro to'lashga tayyor, bu "Chelsi" emas

Alisher
26 avg 2022, 13:40
"Liverpul" "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongga qiziqmoqda.

Klub niderlandiyalik uchun 71 million evro to'lashga tayyor.

Futbolchining o'zi Kataloniya klubida qolishni xohlamoqda, ammo "Barsa" himoyachi Jyul Kundeni ro'yxatdan o'tkazish uchun qo'shimcha mablag'ga ega bo'lish maqsadida de Yongni sotmoqchi.

Xavbek o'tgan mavsum kataloniyaliklar tarkibida barcha musobaqalarda 46ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi. Niderlandiyalik futbolchining shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun