APL klubi Azmun uchun 20 million evro to'lashga tayyor

Alisher
30 dek 2020, 16:13
"Zenit" forvardi Syerdar Azmunga "Kristal Pelas" klubi qiziqmoqda.

Xabar qilinishicha, London klubi Eron terma jamoasi o'yinchisi uchun 20 million evro to'lashga tayyor.

Oldinroq, bu klub SSKA hujumchisi Fyodor Chalov bilan shartnoma tuzmoqchi edi, ammo bitim imzolanmay qolgan edi.

24 yoshli Azmun "Zenit"ga fevralda "Rubin"dan 12 million evro evaziga o'tgan edi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 26ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 6ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: tasnimnews.com