APL. Keyn jarima maydoni tashqarisidan gol urish bo'yicha Ronaldu va Zolaning natijasini takrorladi

Eldor Akmurzayev
17 yanv 2021, 21:50
Angliya chempionati 19-turidan o'rin olgan “Sheffild Yunayted” – “Tottenxem” (1:3) bahsida Xarri Keyn gol urdi.

U chempionat doirasida raqib darvozasini jarima maydoni tashqarisidan 20-marotaba ishg'ol etdi va bunday natijaga erishgan 18-futbolchiga aylandi. 

Keyn gollar bo'yicha Krishtianu Ronaldu va Janfranko Zola bilan tenglashib oldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta